AsosiyJamiyat

Toshkentda yangi ekspress avtobus yo`nalishi tashkil etilmoqda

'Toshkentda yangi ekspress avtobus yo`nalishi tashkil etilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-111-sonli qarorga asosan aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 23 noyabr kunidan boshlab, E-1-sonli "TTZ AShB-Mashinasozlar metrosi AShB" yangi ekspress avtobus yo`nalishi tashkil etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.  

Avtobus yo`nalishi  "TTZ AShB" dan Yuzrabot, Gulsanam,  Buyuk Ipak Yo`li, Mirzo Ulug`bek, Taraqqiyot 2-tor ko`chalari orqali Mashinasozlar metrosi AShB"ga qadar harakatlanadi.  

To`xtash bekatlari: TTZ bozori,  Buyuk Ipak Yo`li metrosi,  Shifokorlar malakasini oshirish instituti,  Ashxobod bog`i.  

 

 

    Boshqa yangiliklar