AsosiyJamiyat

Samarqandda 5 avtomashina "avariya"ga uchradi (video) Hodisa oqibatida qurbon bo`lganlar bor...

'Samarqandda 5 avtomashina "avariya"ga uchradi (video) Hodisa oqibatida qurbon bo`lganlar bor...'ning rasmi

Samarqandda kecha, 21 noyabr kuni yuz bergan yo`l transport hodisasi bir kishining o`limi bilan yakun topdi.

Viloyat IIB mazkur hodisa haqidagi axborotlardan xabardor qildi.

Ma`lum qilinishicha, kecha soat 13:00larda Kattaqo`rg`on tumani “Mullako`rpa” mahallasi hududidan o`tgan ichki yo`lda Lada rusumli avtomashina old tomonidan harakatlanib ketayotgan Cobalt rusumli avtomashinaning orqa chap tomoniga urilib, boshqaruvni yo`qotib, old tomonidan harakatlanib kelayotgan Damas rusumli avtomashinaning old chap tomoniga borib urilgan. Damas rusumli avtomashina esa orqa tomonidan xarakatlanib kelayotgan Tiko va Lacetti rusumli avtomashinalarga urilib, ularga shikast etkazgan.  

Yo`l transport hodisasi natijasida Damas rusumli avtomashinaning haydovchisi D.L. olgan tan jarohatlari sababli tuman markaziy shifoxonasida vafot etgani aytiladi.

"Mazkur holat yuzasidan Kattaqo`rg`on tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda", — deyilmoqda xabarda.

    Boshqa yangiliklar