AsosiyJamiyat

Namanganda “VAZ–2101” va "Malibu" to`qnashdi. YTH oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

'Namanganda “VAZ–2101” va "Malibu" to`qnashdi. YTH oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi'ning rasmi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida odam o`limi bilan bog`liq yo`l-taransport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda IIB YHXB xabar qildi.

Qayd etilishicha, avtohalokat joriy yilning 15 noyabrt kuni soat 09:30 larda Kosonsoy–To`raqo`rg`on avtomobil yo`lining 22-killmetrida yuz bergan. Unda 1960 yilda tug`ilgan haydovchi boshqaruvida bo`lgan “VAZ–2101” rusumli avtomashina 2-darajali yo`ldan asosiy yo`lga chiqib kelib, chap tomondan kelayotgan “Malibu” rusumli avtomobilni o`tkazib yubormasdan, yo`l transport hodisasini sodir etgan.

To`qnashuv oqibatida “VAZ–2101” haydovchisi bosh miya chayqalishi qo`shma shikasti bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar