AsosiyDunyo

Putin va Sadir Japarov ham Toqaevni g`alaba qozongani bilan tabrikladi

'Putin va Sadir Japarov ham Toqaevni g`alaba qozongani bilan tabrikladi'ning rasmi

Sadir Japarov Qosim-Jomart Tokaevni prezidentlik saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan samimiy tabrikladi.

Qozog`iston prezidenti o`z hamkasbiga minnatdorlik bildirib, Qirg`iziston bilan ko`p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash tarafdori ekanligiga ishontirdi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Tokaevga saylovdagi g`alabasi munosabati bilan tabrik maktubini yozgan.

Putin, shuningdek, Rossiya va Qozog`iston o`rtasidagi strategik sheriklik bundan keyin ham muvaffaqiyatli rivojlanishini qo`shimcha qilgan. Rossiya rahbari respublika rahbariga muvaffaqiyat va farovonlik tilagan.

Bugun O`zbekiston Prezidenti Qozog`iston Prezidentini saylovda g`olib bo`lgani bilan tabriklagan edi.

Tokaevning saylovdagi g`alabasi 21 noyabr kuni ma`lum bo`ldi. Prezident saylovchilarning 82% ovozini qo`lga kiritdi. Konstitusiyaga kiritilgan yangi tuzatishlarga ko`ra, Qozog`istonda prezidentlik muddati etti yil bilan cheklanib, qayta saylanish huquqiga ega emas.

    Boshqa yangiliklar