AsosiyJamiyat

Kattaqo`rg`onda itni shavqatsizlarcha urib o`ldirgan xitoylik jazolandi

'Kattaqo`rg`onda itni shavqatsizlarcha urib o`ldirgan xitoylik jazolandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda itni temir bo`lagi bilan urib o`ldirib hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo`lgan shaxsning videosi tarqaldi.

Samarqand viloyati IIB tomonidan ushbu shaxsni aniqlash bo`yicha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu holatni sodir etgan erkak Xitoy xalq Respublikasi fuqarosi "HAO SIHUA" ekanligi aniqlangan.

Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodekisining 111-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida (900.000 (to`qqiz yuz ming) so`m) jarima jazosi tayinlangan.

Qo`shma korxonaning qolgan ishchilari va rahbarlari bilan qayta shu turdagi huquqbuzarlikni sodir etmasligi yuzasidan tarjimon xizmatidan foydalanib profilaktik ishlar olib borilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar