Ta`mirlash ishlari sabab «Qamchiq» dovonining 251-kilometrida transportlar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
2022 yil 20 noyabr kuni soat 09:30 dan boshlab "Qamchiq" dovoni hududidan o`tuvchi A-373 avtomobil yo`lining 251-kilometrida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklovga ushbu hududda ta`mirlash ishlari olib borilishi sabab bo`lgan.
Mazkur hududda transportlar uchun harakat qayta tiklanishi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi, deyiladi xabarda.






