"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14° iliq bo`ladi.
Tog`oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tog`li hududlarda qor ko`chish xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.






