AsosiyJamiyat

Ba`zi yo`nalishdagi poezdlar harakati vaqtincha to`xtatiladi

'Ba`zi yo`nalishdagi poezdlar harakati vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

"O`zbekiston temir yo`llari" AJ xabariga ko`ra, temir yo`l izlarini ta`mirlash va modernizasiya qilish rejasi asosida "Alatun — Neguz" temir yo`l bekatlari oralig`idagi ko`prikda modernizasiya ishlari olib borilishi sabab bir qator yo`lovchi poezdlar harakati bekor qilinadi va harakat jadvaliga o`zgartirishlar kiritiladi. 

24-25 noyabr kuni 80-sonli "Toshkent — Termiz" poezdi Toshkent bekatidan ikki reysga, 25-26 noyabr kuni 79-sonli "Termiz — Toshkent" poezdi Termiz bekatidan ikki reysga qatnovi bekor bo`lganligi sababli 681-sonli "Sariosiyo-Toshkent" poezdida ham 25-26 noyabr kunlari ikkita  reys amalga oshirilmaydi.  

Ushbu yo`nalishlar uchun rasmiylashtirilgan chiptalar puli to`liq qiymatda qaytariladi. 

    Boshqa yangiliklar