AsosiyDunyo

AQSh sayohatchilarni mamlakatga kirishlari uchun qoidalarni o`zgartirdi

'AQSh sayohatchilarni mamlakatga kirishlari uchun qoidalarni o`zgartirdi'ning rasmi

Joriy yilning 8 noyabridan boshlab AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (Centers for Disease Control and Prevention, CDC) va Transport xavfsizligi boshqarmasi (Transportation Security Administration, TSA) buyrug`iga binoan Amerika Qo`shma Shtatlariga kelayotgan 2 yoshdan yuqori bo`lgan barcha yo`lovchilar COVID-19ga qarshi emlanganligi to`g`risidagi yoki emlanishdan ozod qilinganligi haqidagi anketani to`ldirishlari shart.  Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, immigrantlar va AQSh fuqaroligiga ega yo`lovchilar bundan mustasno. Mazkur anketa havo kemasiga chiqishdan oldin aviakompaniya vakillariga taqdim etilishi lozim. 

Anketani to`ldirmaslik, noto`g`ri va yolg`on ma`lumotlarni keltirish reysning kechikishiga, yo`lovchining parvozdan chetlashtirilishiga va kelajakda AQShga kirishga ruxsat berilmasligiga olib kelishi mumkin. 

Shuningdek, bunday yo`l tutgan hamda anketa talablarini bajarmagan har bir yo`lovchi AQShning federal qoidalariga ko`ra jinoiy va qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar