AsosiyJamiyat

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Adliya vaziri etib tayinlandi

'Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Adliya vaziri etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Akbar Toshqulov O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lumot uchun: Akbar Toshqulov 1971 yilda Jizzax viloyatida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy, 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. "O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yurist" unvoni bilan taqdirlangan.

1994−1995 yillarda Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimida ishlagan. 2017 yil aprel oyidan boshlab adliya vaziri o`rinbosari sifatida ishlgan. 2021 yil 10 dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlangan.

Eslatib o`tamiz, avvalgi adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar