AsosiyJamiyat

Soliq xizmati organlari tomonidan ikki oyda 1,2 mlrd. so`mlik alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

'Soliq xizmati organlari tomonidan ikki oyda 1,2 mlrd. so`mlik alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida o`tkazilgan tekshiruvlar natijasida 1 250,2 mln so`mlik alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga qo`mita matbuot xizmati xabar qildi. 

Xususan, alkogol mahsulotlarini realizasiya qiluvchi 137 ta tadbirkorlik sub`ektida hamda noqonuniy savdo bilan shug`ullanayotgan 350 nafar fuqarolarga nisbatan o`tkazilgan tekshirishlar natijasida jami 752,6 mln so`mlik 31 582 dona alkogol mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo`yildi.

Jumladan:

-74 ta holatda 14 075 dona 302,1 mln so`mlik qalbaki aksiz markali;

-14 ta holatda 853 dona 25,1 mln so`mlik aksiz markasiz;

-17 ta holatda 999 dona 138,2 mln so`mlik eski namunadagi aksiz markali;

-12 ta holatda 900 dona 21,2 mln so`mlik raqamli markirovkalanmagan;

-14 ta holatda 355 dona 8,8 mln so`mlik tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarsiz;

-350 nafar fuqaro tomonidan 14 400 dona 257,2 mln so`mlik tegishli hujjatlarsiz alkogol mahsulotlari sotilayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda olib qo`yildi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik sub`ektlari va fuqarolarga nisbatan o`tkazilgan tekshirishlarda jami 497,6 mln so`mlik 40 267 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo`yildi.

Jumladan:

-15 ta tadbirkorlik sub`ekti tomonidan aksiz markasiz hamda raqamli markirovkalanmagan 13 934 quti 101,6 mln so`mlik;

-302 nafar fuqaro tomonidan davlat ro`yxatidan o`tmasdan 26 333 quti 396 mln so`mlik tamaki mahsulotlari sotilayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda olib qo`yildi.

Mazkur holatlar bo`yicha to`plangan hujjatlar, belgilangan tartibda tegishli choralar ko`rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar