O`zbekiston Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 noyabr kuni Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`lib (yomg`ir, qor yog`adi), tuman tushadi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.
16 noyabr kuni Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining tog`oldi va tog`li tumanlarida yomg`ir yog`ishi, yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi, ayrim tumanlarda kuchli yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda. Shu bois tog`oldi va tog`li tumanlarda sel kelishi mumkin.






