AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqda uyatsiz foto va videolarini tarqatgani uchun qamalgan bloger qiz ozod etildi

'Ijtimoiy tarmoqda uyatsiz foto va videolarini tarqatgani uchun qamalgan bloger qiz ozod etildi'ning rasmi

Sal avval, ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq qoidalariga zid ravishda tasvirga olingan videosi va suratlarni tarqatgan bloger S.S.ga sud qarori bilan 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Ayni paytda Toshkent shahar sudi matbuot xizmatining xabar qiligshicha, 15 noyabr kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasida S. S. ga oid ish yuzasidan chiqarilgan sud qaroriga huquqbuzar tomonidan berilgan apellyasiya shikoyati ko`rib chiqildi.

Ma`muriy javobgarlikka tortilgan S. S. apellyasiya shikoyatida, hozirgi kunda qilgan ishidan pushaymonligi bildirib, sud qarori bilan tayinlangan jazoni engillashtirishni so`ragan.

Apellyasiya instansiyasi sudi shikoyatda keltirilgan vajlarni o`rganib, ma`muriy javobgarlikka tortilgan S. S. ga nisbatan jazo tayinlashda, shaxsini, yoshini, ayolligini, bir nafar voyaga etmagan farzandi borligi va qilmishidan pushaymonligini inobatga olib, birinchi instansiya sudi qarori bilan tayinlangan ma`muriy qamoq jazosini kam muddatdagi ma`muriy qamoq jazosiga keltirishni lozim deb topdi.

Toshkent shahar sudining ajrimi bilan jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudining S. S. ga oid qarori o`zgartirilib, huquqbuzarga nisbatan insonparvarlik tamoyili qo`llanilgan holda tayinlangan 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi 4 sutka ma`muriy qamoq jazosiga keltirildi.

Natijada ma`muriy javobgarlikka tortilgan S.S. jazoni to`liq o`tagan deb hisoblanib, Toshkent shahar IIBB Maxsus qabulxonasidan ozod qilindi.

    Boshqa yangiliklar