AsosiyJamiyat

Surxondaryoda harbiy xizmatni o`tayotgan yigit vafot etdi

'Surxondaryoda harbiy xizmatni o`tayotgan yigit vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Termizda harbiy xizmatni o`tayotgan qarshilik yigit vafot etgani to`g`risida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Mudofaa vazirligi rasmiy ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, Termizdagi harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan oddiy askar K.Q. sog`ligi bo`yicha shikoyat qilganligi sababli 11 noyabr kuni Markaziy harbiy klinik gospitalga yotqizilgan.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida bemor K.Q. “yurakning o`ng bo`lmachasida kontrast to`ldirish defekti (tromb), ko`ks oralig`ida hajmli xosila, ikki tomonlama gidrotoraks” aniqlangan. 14 noyabr kuni bemor shoshilinch ravishda “American Hospital” klinikasida kardioxirurg konsultasiyasiga olib borilgan.

Bemor hayoti uchun tashxis va jarrohlik operasiyasi o`ta xavfli hisoblanadi. Ammo hayotiy ko`rsatmalarga asosan jarrohlik operasiyasini bajarish lozimligi sababli klinikada gospital mutaxassislari ishtirokida jarrohlik operasiyasi o`tkazilgan.

Bemorning umumiy ahvoli o`tkazilgan jarrohlik operasiyasiga mos ravishda og`irligicha qolgan. O`tkazilgan reanimasion chora tadbirlarga qaramasdan bemorda biologik o`lim qayd etilgan, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar