AsosiyDunyo

Rossiya don eksporti bo`yicha kelishuvni uzaytirishga tayyor ekani ma`lum bo`ldi

'Rossiya don eksporti bo`yicha kelishuvni uzaytirishga tayyor ekani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Rossiya Turkiya va BMT vositachiligida Ukraina donini eksport qilish bo`yicha kelishuvni uzaytirishga rozi bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda “Bloomberg”ga tayanib "Zamon.uz" yozmoqda.

Ma`lum bo`lishicha, mamlakatlar o`rtasidagi amaldagi kelishuv 19 noyabrda tugaydi. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Moskvaga Rossiya oziq-ovqat va o`g`itlarini Qora dengiz orqali to`siqsiz eksport qilishda yordam berishga va`da bergan Biroq don shartnomasining uzaytirilishi hali rasman e`lon qilinmagan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya bu boradagi qarorini zudlik bilan e`lon qilishini ta`kidlagan.

Tasdiqlangan shartlarga ko`ra, agar bitim taraflaridan hech biri uni bekor qilishga yoki qabul qilingan hujjat matnini qandaydir tarzda o`zgartirishga qaror qilmasa, 19 noyabr kuni kelishuv avtomatik ravishda yana 120 kunga uzaytiriladi.

    Boshqa yangiliklar