AsosiyJamiyat

"Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimi yaratiladi

'"Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimi yaratiladi'ning rasmi

Endi tadbirkorlar o`z bizneslari ish beradimi, yoki yo`q sinab ko`rishlari mumkin bo`ladi.

Bu haqda AOKAda o`tgan matbuot anjumanida Javohir Kuli Zoda ma`lum qildi.

Axborot berilishicha, prezidentning tadbirkorlarga oid farmoni bilan rejim doirasida 5 soha tandab berildi.

 Ular:

  • Elektron tijoratni amalga oshirish;
  • Ishlab chiqarish;
  • Qishloq xo`jaligi;
  • Logistika;
  • Qurilish.

"Shu sohada tadbirlkorlik faoliyatini amalga oshirmoqchi bo`lganlar kelajakda bu qilingan xarajatlarni qoplaydimi? Bunda tadbirkor o`z biznesini avval sinab ko`rishi taklif etilyapti. Bu uchun 3 yil muddat beriladi. Har bir loyiha bo`yicha chegaralangan muddat vakolatli organ bilan kelishiladi. Tadbirkorlik sub`ekti va vakolatli organ bilan barchasi shartnomada belgilanadi", — deydi Kulizoda.

Ma`lum qilinishicha, tadbirkorga o`zining yangi tovarini ishlab chiqarish uchun imkoniyat beriladi. U buning davomida kelishuvda belgilangan ayrim normalarga amal qilmasdan tovarini sotishi, realizasiya qilishi mumkin bo`ladi. Yana bir imkoniyat shuki, tadbirkor ma`lum muddat davomida tegishli lisenziya olmasdan faoliyat yuritishi mumkin bo`ladi. 

"Albatta, muddat yakunida davlat organi ham jarayonni kuzatadi. Bu xizmatni ertaga soddalashtirib, butun respublikaga yoyish bo`yicha tegishli hujjatlar ishlab chiqiladi" , — deya ma`lumot berildi AOKAda.

    Boshqa yangiliklar