“UzAuto Motors” AJ barcha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari qatorida Respublika tarmoqlararo kooperasiya sanoat yarmarkasida ishtirok etmoqda. Sanoatning boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan kooperasiyasi, importni qisqartirish, mahalliy xomashyo va materiallardan foydalanish darajasini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va tarmoqlararo kooperasiyani rivojlantirish ishtirok etishning maqsadidir. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar bermoqda.
"UzAuto Motors" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, ko`rgazma ishtirokchilariga Jizzax avtomobil zavodining Volkswagen Saddy va Skoda rusumli avtomobillar qatori, Isuzu Di-Max pikaplari, Uz Truck & Bus Motors, UzAuto Trailer va Samarqand avtomobil zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan yuk mashinalar va avtobuslar namoyish etiladi.
Sanoat yarmarkasi doirasi ishtirokchilar bir-birlarining imkoniyatlari, taklif va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishishlari, hamkorlik masalalari bo`yicha muzokaralar olib borishlari, shuningdek, hamkorlik shartnomalarini imzolash imkoniyatiga ega bo`lishadi.
“Respublika tarmoqlararo kooperasiya sanoat yarmarkasi” O`zekspomarkazda joriy yilning 18 noyabriga qadar davom etadi.






