AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" bugun ob-havo sezilarli darajada pasayishini prognoz qildi

'"O`zgidromet" bugun ob-havo sezilarli darajada pasayishini prognoz qildi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 9-14° iliq, shimolda 2-7° iliq bo`ladi. 

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo`ladi.

Tog`oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar