Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tmoqda.
Unda senatorlar, Vazirlar Mahkamasi vakillari, ekspertlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashining yoshlar masalalariga mas`ul doimiy Komissiya raislari, vazirlik va idoralar mas`ullari, Yoshlar parlamenti a`zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Dastavval 2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022 yilning 9 oyi yakuni bo`yicha bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti muhokama qilindi.
Hukumat vakillari tomonidan davlat dasturi ijrosi yuzasidan atroflicha ma`lumotlar berildi.
Senatorlar davlat dasturidagi ayrim vazifalar ijrosi kechikayotganiga e`tibor qaratishdi. Xususan, tasviriy va amaliy san`at hamda dizayn yo`nalishlarida etuk mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, kinoshaharlarni barpo etish borasidagi ishlarni yanada jonlantirish lozimligi alohida ta`kidlandi.
Qonunida Madaniyat vazirligi muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatli davlat organi sifatida qayd qilingan. Biroq O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 apreldagi PF–6199-sonli Farmoni bilan Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey qo`riqxonalari va uy muzeylari, moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlari O`zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga o`tkazilgan.

Shuningdek, muzeylar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar tarqoq holda bo`lib, ularning soni 100 dan ortiqni tashkil etmoqda.
Hukumat tomonidan tasdiqlangan Nizomga ko`ra milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va saqlash tartiblari belgilangan, xolos. Biroq Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilmagan 1,2 millionga yaqin muzey ashyolari va kolleksiyalarini hisobga olish va saqlashning aniq tartiblari mavjud emas.
Shu kabi muammo va kamchiliklar muzeylardan ko`plab noyob eksponatlar o`g`irlanishi yoki qalbakisiga almashtirib qo`yilishiga olib kelmoqda.
Jumladan, respublika bo`yicha 14 ta muzeyning 3 mingdan ziyod nodir va noyob madaniy boyliklari talon-taroj qilingan.
Umuman, 30 yilda madaniy meros ob`ektlariga etkazilgan zarar miqdori 4 trln so`mdan oshgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash hamda ularning xavfsizligini ta`minlash borasida olib borilgan profilaktik ishlar, ko`rilgan choralar hamda ko`zda tutilayotgan rejalar to`g`risida yozma ravishda asoslantirilgan tushuntirish berish talabi qo`yilgan parlament so`rovini yalpi majlis muhokamasiga olib chiqish masalasi Qo`mita a`zolari tomonidan bir ovozdan ma`qullandi.
Majlis yakunida kun tartibidagi masalalarga doir Qo`mitaning tegishli qarori qabul qilindi.






