AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Pokiston o`rtasida parvozlar yo`lga qo`yilishi kutilmoqda

'O`zbekiston va Pokiston o`rtasida parvozlar yo`lga qo`yilishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston va Pokiston o`rtasida tez orada to`g`ridan to`g`ri aviaqatnov yo`lga qo`yiladi. Bu haqda O`zbekiston turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ma`lum qildi, deb xabar bermoqda “Radio Pakistan”.

Vazirning ta`kidlashicha, to`g`ridan-to`g`ri reyslarning yo`lga qo`yilishi iqtisodiyot va turizm sohalarida ikki tomonlama aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Aviaqatnovlar bosqichma-bosqich yo`lga qo`yiladi.

Birinchi bosqichda Samarqanddan Lahorga reyslar qo`yiladi. Ikkinchi bosqichda Karachi va Islomoboddan O`zbekistonning boshqa shaharlariga parvozlar yo`lga qo`yiladi.

Aziz Abduhakimov O`zbekistonning sayyohlik integrasiyalashuvini kuchaytirish uchun Samarqandda turizm bo`yicha konferensiya o`tkazilishi ham qo`shimcha qilgan.

    Boshqa yangiliklar