AsosiyJinoyat

To`raqo`rg`onda kredit mablag`larini talon-toroj qilgan MChJ rahbari va uning sherigi qo`lga oldindi

'To`raqo`rg`onda kredit mablag`larini talon-toroj qilgan MChJ rahbari va uning sherigi qo`lga oldindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining To`raqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan AT “Xalq banki” Namangan viloyat filialining marojaatiga asosan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “I.N.” MChJ rahbari O.T. va jamiyatning norasmiy rahbari T.D. o`zaro til biriktirib, ushbu bank filialidan avtotransport vositalariga texnik xizmat ko`rsatishni tashkil qilish uchun ajratilgan 700 mln so`m kreditni “Y.P.” MChJ hisob raqamiga o`tkazish orqali kredit mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari hamda tijorat banki mas`ul shaxslari kredit mablag`lari hisobidan asbob-uskuna etkazib berilganligi bo`yicha monitoring tadbirlarini o`tkazish choralarini ko`rmaganliklari natijasida, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va  205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar