Xitoy rahbari Si Szinpin mahalliy vaqt bilan dushanba kuni tushdan keyin Baliga etib keldi.
Xitoy markaziy televideniesining xabar berishicha, u erda tez orada AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashadi.
Xabarlarga ko`ra, Xitoy rahbari 14-17 noyabr kunlari Balida qoladi.
AQSh va Xitoy rahbarlarining uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 14:30 da bo`lib o`tadi.
Oq uy manbasiga ko`ra, Bayden ushbu uchrashuvda Xitoy bilan aloqalarini mustahkamlash, ikki davlat o`rtasidagi raqobat nizoga aylanib ketmasligi uchun kafolatlar masalasini muhokama qilmoqchi.
Oq uy Baydenning ushbu uchrashuvdan ko`zlagan maqsadini ma`lum qildi.






