Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” poezdi nimanidir yoki kimnidir urib ketganmi?” nomli xabarlar e`lon qilindi. Holatga Transport departamenti izoh berdi.
Aniqlanishicha, 2022 yil 11 noyabr kuni soat 05:31 da “Buxoro-Samarqand-Toshkent yo`nalishidagi 765-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tez yurar yo`lovchi poezdi “Zirabuloq – Kattaqo`rg`on temir yo`l bekatlari oralig`ining 3816 km.
3-piketida temir yo`l izida qarovsiz yurgan 18 bosh qo`yni urib yuborgan.
Mazkur holat bo`yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qo`ylarni egasi hamda etkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hozirgi kunda Samarqand viloyati Transportda XTB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
14.11.2022 12:35
"Afrosiyob" poezdi 18 bosh qo`yni urib yubordi






