Ijtimoiy tarmoqlarda " Amirsoy" hududida elektr energiyasida uzilish bo`lgani haqida ma`lumot tarqaldi. Energetika vazirligi tushuntirish berdi.
Ma`lum qilinishicha, oromgohga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi uzluksiz etkazib berilgan.
Dor yo`lining elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan va oromgohda elektr ta`minoti o`chib qolgan.
Olingan ma`lumotlarga ko`ra, hozirgi paytda ushbu nosozlik oromgoh mas`ullari tomonidan bartaraf etilib, dor yo`li qayta ishga qo`yilgan.
13.11.2022 17:14
Qurilmadagi nosozlik dor yo`lining to`xtashiga sabab bo`lgan






