AQSh Prezidenti Jozef Bayden Sharqiy Osiyo sammitidagi chiqishida Xitoy bilan munosabatlarga alohida e`tibor qaratdi. Bu haqda "Zamon.uz" "Kommersant.ru" tayanib xabar bermoqda.
“Qo`shma Shtatlar XXR bilan faol raqobatlashishda va Xitoyda inson huquqlarini buzilishi bo`yicha gapirishda davom etadi. Shu bilan birga ochiq aloqa kanallari saqlab qolinadi va raqobat nizoga aylanib ketmasligi kafolatlanadi”, – degan Prezident.
Bundan tashqari, AQSh etakchisi Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini keskin qoralagan. Shuningdek, Tayvan bo`g`ozi atrofida tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish muhimligini ta`kidlagan.






