Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan Namangandagi “Adiblar xiyoboni”ga tutash maydonda Usmon Nosir haykali o`rnatildi.
Shoirning haykalini o`rnatilishiga Prezidentning 2022 yil 10 fevraldagi “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to`g`risida”gi qarori asos bo`lgan.
Uning ochilish marosimida ishtirok etgan poytaxtlik adabiyotshunos olim, shoir va yozuvchilar – O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o`rinbosari G`ayrat Majid, professorlar Nurboy Jabborov, Qozoqboy Yo`ldoshev, O`zbekiston Xalq shoiri Usmon Azim shoir va uning ijodi bo`yicha ma`lumotlar berishdi.






