AsosiyJamiyat

Fanlar akademiyasi instituti direktori vafot etdi

'Fanlar akademiyasi instituti direktori vafot etdi'ning rasmi

O`zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori, professor Sharipov Hasan Turapovich vafot etdi.

U Moskvada M.V.Lomonosov nomidagi universitetda nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan. Shuningdek, olim “d- va f-metallar ayrim sinf noorganik birikmalarining kristallokimyosi va spektrokimyosi” mavzusida noorganik kimyo va fizikaviy kimyo ixtisosliklari bo`yicha doktorlik dissertasiyasini ham yoqlagan.

Hasan Sharipov mustaqil O`zbekiston sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo`shgan olimlardan biri sanaladi.

"Darakchi.uz" jamoasi marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

    Boshqa yangiliklar