Misr shimolida yo`lovchi avtobusi bilan avtohalokat sodir bo`ldi. Bu haqda “NewTimes.kz” “TASS”ga tayanib xabar bermoqda.
“Al-Masry Al-Youm” gazetasining xabar berishicha, Misr shimolida avtobusning daryo kanaliga qulashi oqibatida 20 kishi halok bo`lgan, 16 kishi jarohatlangan.
Hodisa mamlakat shimolidagi Dakaxliya provinsiyasida sodir bo`lgan. Avtobus provinsiya poytaxti El-Mansur shahriga ketayotgan bo`lgan. Avtobus haydovchisi keskin burilishda boshqaruvni yo`qotgan, shundan so`ng mashina ag`darilib, kanalga qulagan.
Mahalliy aholi jabrlanganlarni suvdan olib chiqib, ularga yordam berishga harakat qilgan.
Ayni damda qurbonlar va ehtimoliy jabrlanganlarni qidirish ishlari olib borilmoqda. Avtobusda jami 45 dan ortiq yo`lovchi bo`lgan.






