AsosiyDunyo

Maldiv orollaridagi yong`inda 10 kishi halok bo`ldi

'Maldiv orollaridagi yong`inda 10 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Payshanba kuni Maldiv orollari poytaxti Male shahridagi garajda yuz bergan yong`in oqibatida kamida o`n kishi halok bo`ldi. Bu haqda mahalliy OAV ma`lumotlariga tayanib "Zamon.uz" yozmoqda.

Yonib ketgan garaj binoning birinchi qavatida joylashgan, ikkinchi qavatida mehnat muhojirlari yashagan. Polisiyaning aytishicha, ular Bangladesh, Hindiston va Shri-Lankadan kelgan.

Olovni o`chirish uchun o`t o`chiruvchilarga bir necha soat kerak bo`ldi. O`t o`chirish va qutqaruv xizmatining ma`lum qilishicha, binodan 28 kishi evakuasiya qilingan, 10 kishi halok bo`lgan.

Rasmiylarning aytishicha, qurbonlarning jasadlari qattiq kuygan, bu esa shaxsini aniqlashni qiyinlashtirdi.

    Boshqa yangiliklar