AsosiyJamiyat

Dam olish kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

'Dam olish kuni qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

"O`zgidromet" dam olish kunlari uchun ob-havo bashoratini e`lon qildi.

11 noyabr va dam olish kunlari O`zbekiston hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda, havo harorati kechalari 0+5 iliq, ba`zi joylarda -2 sovuqgacha, kunduz kunlari +9+14 iliq bo`ladi.

Yakshanba kuni kechga tomon respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo`yi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda.

O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shimolda va cho`l hududlarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha ba`zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar