Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida 12 noyabr kuni soat 16:22 da zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, zilzila koordinatalari: 40,78 gradus shimoliy kenglik; 72,55 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 15 kilometr. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 285 kilometr janubiy-sharqda bo`lgan.
O`zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Andijon tumanida 3 ball, 8 kilometr;
- Jalaquduq tumanida 3 ball, 9 kilometr;
- Xo`jaobod tumanida 3 ball, 16 kilometr;
- Andijon shahrida 3 ball, 17 kilometr;
- Buloqboshi tumanida 2-3 ball, 21 kilometr;
- Paxtaobod tumanida 2-3 ball, 23 kilometr;
- Qo`rgontepa tumanida 2 ball, 27 kilometr;
- Izboskan tumanida 2 ball, 28 kilometr;
- Asaka tumanida 2 ball, 30 kilometr;
- Oltinko`l tumanida 2 ball, 30 kilometr.






