Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatga kirmoqchi bo`lgan sayyohlar uchun talablarini o`zgartirdi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.
Qayd etilishicha, mamlakat immigrasiya xizmatining talablariga ko`ra, joriy yilning 11 noyabrdan boshlab BAAga kirish uchun turistik yoki mehmon vizasi bo`lgan yo`lovchilar borish va qaytish aviachiptalariga ega bo`lishi kerak.






