Bugun Samarqand viloyati hokimligida tibbiyot xodimlari kuniga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Tadbirda Sog`liqni saqlash vaziri B.Musaev viloyat hokimi Erkinjon Turdimovga "O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash a`lochisi” ko`krak nishoni bilan taqdirladi.
Eslatib o`tamiz, sal avval E.Turdimov Bosh vazir o`rinbosari - Turizm va madaniy meros vazir Aziz Abduhakimov tomonidan “Turizm fidoyisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlangan edi.






