AsosiyJamiyat

Prezident nomidan foydalangan xolda firibgarlik faoliyati bilan shug`ullanuvchilar soni ortmoqda

'Prezident nomidan foydalangan xolda firibgarlik faoliyati bilan shug`ullanuvchilar soni ortmoqda'ning rasmi

Balkim buni siz ham payqagan bo`lsangiz kerak, hozirda Internet ijtimoiy tarmoqlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev yoki Prezident Administrasiyasi nomidan pul mablag`larini taklif qiluvchi turli xil Telegram saxifalari, guruxlari hamda kanallari jadallik bilan ko`paymoqda.
Bu – O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga zid noqonuniy faoliyat xisoblanadi.

Xo`sh bunday firibgarlar qanday ishlaydi?

Ijtimoiy tarmoq firibgarlarining hammasi deyarli bir xil ko`rinishda ishlaydi. Ular odamlarga turli saxifalardan muloyimlik bilan yordam taklif qilib, pul mablag`larini olish uchun havola yo`llashadi.

Ularning saytiga o`tishingiz bilan sizdan shaxsiy ma`lumotni (pasport, plastik karta va boshqalar) kiritishingizni so`raydilar. Shu tariqa odamlar firibgarlarning xiylalarini sezmasdan ularning tuzog`iga tushib qolishadi.
  
Keyinchalik mazkur ma`lumotlar orqali odamlarning plastik kartalaridagi mavjud mablag`larni o`z xisob raqamlariga o`tkazadilar. Aslida esa foydalanuvchilarning o`zlari o`z xohishi bilan pullarini firibgarlarga berayotgan bo`ladi va albatta bu pullarni qaytarishning deyarli iloji qolmaydi.

Bunday firibgarlik faoliyati bilan shug`ullanishning huquqiy oqibatlari qanday bo`ladi?

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo`yicha bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun firibgarlarga bazaviy xisoblash miqdorining 300 baravarigacha jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

Bunday firibgarliklarning oldini olishda qanday yordam berish mumkin?

Birinchi navbatda agar sizga firibgarlar tomonidan shunday xabar kelgan bo`lsa, befarq bo`lmasdan darxol barcha ma`lumotlarni O`zbekiston Respublikasi IIV fuqarolar murojaatlari bilan shug`ullanuvchi bo`limning 102 qisqa raqamiga qo`ng`iroq qilib masul xodimlarga etkazing.

Shunday qilib, siz huquq-tartibot idoralari xodimlariga jinoyatchilarni tezroq topishiga va boshqa shaxslarni ham pul mablag`larini yo`qotishdan himoya qilishda amaliy yordam bergan bo`lasiz.

    Boshqa yangiliklar