"A.I.M-SHAMSHOD” (O`zbekiston) korxonasi tomonidan qaynatilgan makkajo`xori (450 g) Rossiyada sotuvdan olib tashlandi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur mahsulotdan Krasnoyarsk o`lkasining uch nafar fuqarosi botulizmning dastlabki tashxisi bilan zaharlangan.
Mahsulot Krasnoyarsk o`lkasi, Novosibirsk, Kemerovo va Omsk viloyatlari, Oltoy o`lkasi, Xakasiya Respublikasi, Buryatiya Respublikasi va Trans-Baykal o`lkasiga etkazib berilgan.
Mahsulotni import qiluvchiga nisbatan rejadan tashqari tekshirish boshlangan.
11.11.2022 13:59
Rossiyada 3 nafar fuqaro O`zbekistondan olib kirilgan makkajo`xorini eb, botulizmga chalindi






