AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Turkiy dunyo yoshlarining ilm va innovasiyalar xalqaro kongressi o`tkaziladi

'O`zbekistonda Turkiy dunyo yoshlarining ilm va innovasiyalar xalqaro kongressi o`tkaziladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev o`z nutqi davomida O`zbekistonda Turkiy dunyo yoshlarining ilm va innovasiyalar xalqaro kongressi o`tkazishni taklif etdi.

Bu haqda jarayondan Darakchi.uz' muxbiri xabar bermoqda.

"Yosh avlodni har tomonlama rag`batlantirish, ularning iste`dod va qobiliyatlarini ro`yobga chiqarish maqsadida boshlagan xayrli ishlarimizni izchil davom ettirish niyatidamiz. Kelgusi yili yurtimizda Turkiy dunyo yoshlarining ilm va innovasiyalar xalqaro kongressini o`tkazishni taklif etaman.

Uning doirasida innovasiya va ta`lim vazirlari, oliygohlar rektorlari va yosh etakchilar, iqtidorli o`g`il-qizlarimiz, tashkilotimiz oqsoqollarining uchrashuvlarni tashkil etishni ko`zda tutmoqdamiz.

Bu ishlarimizga tizimli tus berish va natijadorlikni ta`minlash maqsadida tashkilot bosh kotibining yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimini joriy etish ayni muddao bo`lar edi", —deydi O`zbekiston rahbari.

    Boshqa yangiliklar