Avval xabar qilganimizdek, Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlar sammiti boshlandi.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoev nutq so`zlamoqda.
–Jahon xalqlari uchun do`stlik va tinchlik timsoli, ilm-fan va ma`rifat o`chog`i bo`lgan Samarqand shahrini “Turkiy sivilizasiya poytaxti” deb e`lon qilish tashabbusini qo`llab-quvvatlaganingiz uchun Sizlarga samimiy minnatdorlik bildiraman. Biz Turkiy dunyo buyuk tarixining yorqin sahifalari ulug` ajdodlarimiz tomonidan birgalikda yaratilgani bilan haqli ravishda faxrlanamiz,– dedi Shavkat Mirziyoev.






