AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qimorni reklama qilganlarga javobgarlik belgilanmoqda

'O`zbekistonda qimorni reklama qilganlarga javobgarlik belgilanmoqda'ning rasmi

O`zbekistonda qimor va barcha tavakkalchilikka asoslangan o`yinlarni reklama qilganlarga javobgarlik belgilanmoqda

Shuningdek, shunday o`yinlarni tashkil etish, o`tkazish hamda ularda ishtirok etish uchun ma`muriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish, o`tkazish va targ`ib qilish bilan bog`liq harakatlarga javobgarlikni kuchaytirish to`g`risida qonun loyihasi muhokamaga qo`yildi. 

Loyihaga ko`ra, qonun bilan qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish, o`tkazish hamda ularda ishtirok etish bilan bog`liq noqonuniy faoliyat uchun ma`muriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni targ`ib qiluvchi mahsulotni qonunga hilof ravishda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O`zbekiston hududiga olib kirish, uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki internetda reklama qilish, namoyish etish hamda tarqatish uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O`sha harakatlar takroran yoki xavfli residivist tomonidan yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo`lsa, 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar