AsosiyDunyo

Keyingi 10 yilda bizni qanday ofatlar kutmoqda?

'Keyingi 10 yilda bizni qanday ofatlar kutmoqda?'ning rasmi

BMTning butunjahon meteorolgiya tashkiloti ekspertlari insoniyat hozir eng issiq o`nyillikni boshdan kechirayotganini aytmoqda. Arktika 1,5 mln kv km muzidan ajralgan, Jahon okeani sathi 2 marta tez ko`tarilmoqda.

Hisobot Misrda 7 noyabr kuni ochilgan COP27 iqlim sammiti uchun tayyorlangan. Sammit 18 noyabrgacha davom etadi. Bu haqda "Zamon.uz" yozmoqda.

BMT iqlimshunoslari keyingi 10 yilda Eri nimalar kutayotganini taxmin qilmoqda:

1. Eng issiq 10 yil

2022 yilda Erdagi o`rtacha harorat global isish davriga nisbatan 1,15 daraja ko`tarildi. Shuningdek, joriy yil tarixga eng issiq yil sifatida kirmaydi, u ro`yxatda 5 yoki 6 bo`lishi kutilmoqda.

2. Dengiz maydoni kengayishi

2020 yil yanvaridan beri jahon okeani 10 mm ga ko`tarilgan. Bu rekord tezlik sanaladi. Dengizlar kengayishdan tashqari isib boraveradi. 2022 yilda jahon okeanining 55%i kamida bitta issiqlik to`lqinini boshdan kechirdi.

3. Muzliklar erishi

Erning ikkala qutbida ham muzliklar erimoqda. 2022 yil sentyabrida Arktikada dengiz muzliklari maydoni 1,5 mln kv kmga qisqardi, Antarktikada esa 1 millionga. Alp muzliklari so`nggi 25 yilda 30 metrga yupqalashdi.

    Boshqa yangiliklar