Qashqadaryo viloyati G`uzor tumanida Nexia-2 va Matiz ishtirokida sodir bo`lgan yo`l transport hodisasida bir nafar yo`lovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bo`limi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 9 noyabr kuni G`uzor tumani Zarbdor qishlog`i xududida harakatlangan, haydovchi boshqaruvida bo`lgan Nexia-2’da Shahrisabz-Qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelib, quvib o`tish qoidasiga rioya qilmaganligi sababli qarama-qarshi yo`nalishdan kelayotgan Matiz’ga borib urilgan.
Oqibatda Nexia-2 salonida yo`lovchi sifatida borayotgan fuqaro R.A. tan jarohati olib vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo`limi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






