1991 yilda tug`ilgan Maxkamov Azamat Abrol o`g`li o`ta og`ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, qiliruvga berildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.
“Agarda siz Maxkamov Azamat haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz yoki unga o`xshash shaxsni ko`rsangiz, 71-235-00-02, 97-440-22-04, 94-619-00-30 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingizni so`raymiz.
Amaliy yordamingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz! Maxfiylik kafolatlanadi”, - deyiladi xabarda.






