AsosiyJamiyat

Davlat OTMlarida kontrakt mablag`larini to`lash muddati 10 dekabrga qadar uzaytirildi

'Davlat OTMlarida kontrakt mablag`larini to`lash muddati 10 dekabrga qadar uzaytirildi'ning rasmi

Bu haqda  Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi.

"Davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo`yicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o`quv yilida oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari, magistratura mutaxassisliklariga to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar hamda o`qishini ko`chirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt to`lovlarini to`lashning so`nggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi" deyiladi xabarda.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida o`qish istagini bildirgan abiturientlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy ta`lim tashkilotlaridan o`qishini ko`chiriyotgan talabalar uchun bir yillik o`qitish qiymatining 50 foizini to`lash va talabalar safiga qabul qilishning so`nggi muddati ham 10 dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.

    Boshqa yangiliklar