AsosiyJamiyat

“Yashil makon” loyihasi endi TDTga ham olib chiqiladi

'“Yashil makon” loyihasi endi TDTga ham olib chiqiladi'ning rasmi

 Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi endi Turkiy davlatlar tashkiloti darajasiga ham tashabbus sifatida olib chiqilmoqda. Bu haqda darakchi.uz' muxbii Dilbar Abdunabieva Ekologiya qo`mitasi raisi ishtirokida bo`lib o`tgshan brifingdan ma`lumot bermoqdap.

 Narzullo Oblomurodovning qayd etishicha, ertaga – 11 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar Davlat rahbarlari ishtirokida Registon maydonida ko`chat ekish tadbiri o`tkazilishi rejalashtirilgan.  

Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo bo`lgan Turkiya, Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston hamda kuzatuvchi maqomiga ega bo`lgan Vengriya va Turkmaniston davlatlari poytaxtlarida ham bir vaqtning o`zida ko`chat ekish tadbirlari uyushtiriladi. Xususan, Ozarbayjonda 11 noyabr kuni 111 ming 111 ta daraxt ko`chati o`tqazilishi rejalashtirilmoqda.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar