AsosiyJinoyat

Xorijliklarga O`zbekistondan chiqib ketayotganlarida QQS summasi qaytariladi

'Xorijliklarga O`zbekistondan chiqib ketayotganlarida QQS  summasi qaytariladi'ning rasmi

“Chet davlat fuqarolari tomonidan O`zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qo`shilgan qiymat solig`ini qaytarish tizimini joriy etish to`g`risida”gi Hukumat qarori (653-son, 08.11.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vaziriligi xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O`zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to`langan QQS summasini qisman qaytarish “tax free” tizimi tajriba tariqasida joriy etiladi.

Chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summasini hisobga olish va uni qaytarish soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.  

Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish minimal xarid qiymati QQS summasini hisobga olgan holda kamida 1 million so`mni tashkil etganda hamda tovarlar xarid qilingan kundan e`tiboran 3 oy mobaynida amalga oshiriladi.

2022 yil 10 dekabrga qadar mobil ilovaga chet davlat fuqarolari tomonidan to`langan QQS summasini qaytarish imkonini beradigan qo`shimchalar kiritiladi.

2022 yil 15 dekabrgacha chet davlat fuqarolarining mobil ilovadan ro`yxatdan o`tishlarida O`zbekistonga kirib kelganligini qayd etish ma`lumotlari orqali identifikasiya qilish imkoniyati yaratiladi.

 

    Boshqa yangiliklar