Bir muddat avval Qirg`izistonning Turkiyadagi elchisi Kubanichbek Omuraliev Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi etib tayinlanishi kutilayotgani haqda xabar bergan edik.
So`nggi uch yilda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi vazifasini bajarib kelgan Bog`dod Kultaevich Amreevning vakolat muddati tugadi.
Ushbu lavozimga Omuraliev Kubanichbek Qosimovich tayinlandi, deya xabar bermoqda Darakchi.uz' muxbiri Dilbar Abdunabieva.
Eslatib o`tamiz, tashkilot Bosh kotibligi muddati — uch yil.






