AsosiySiyosat

Prezident Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokara o`tkazdi

'Prezident Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokara o`tkazdi'ning rasmi

10 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokara o`tkazdi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlikni kengaytirish va ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari atroflicha ko`rib chiqildi.

Faol ishbilarmonlik aloqalari, jumladan, shu kunlarda ikki mamlakatning etakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida o`tkazilayotgan qo`shma biznes forum samarali natijalar berayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sanoat, kimyo tarmog`i, farmasevtika, bank-moliya, transport va logistika sohalarida, boshqa ustuvor yo`nalishlarda qo`shma investisiya loyihalarini ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi. Biznes tashabbuslarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash bo`yicha mexanizmlar yaratish ishlarini tezlashtirishga kelishib olindi.

Gumanitar almashinuv dasturlarini, eng avvalo, ta`lim, madaniyat va kinematografiya sohalarida faol davom ettirish muhimligi taxkidlandi.

    Boshqa yangiliklar