"2021 yilda O`zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 8,3 milliard dollarni, shundan eksport hajmi 3,1 milliard, import hajmi 5,3 milliard dollarni tashkil etdi", degan vazir o`rinbosari jurnalistlar bilan muloqotda.
"Ta`kidlash kerakki, Evropa va Osiyo o`rtasidagi eng qisqa transkontinental yo`nalishlar turkiy davlatlar orqali o`tadi. Shuning uchun ularning birlashuvi va integrasiyalashuvi nafaqat tranzit yuk tashish hajmi oshishiga olib keladi, balki Evroosiyo qit`asining barcha mamlakatlari rivojlanishiga faol hissa qo`shadi",
Jasurbek Chorievning jurnalistlarga ma`lumot berishicha, O`zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlar portlaridan yuk tashishni tashkil etishda faol foydalanmoqda.
"Statistik ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan yilning 9 oyiga nisbatan O`zbekistonning Qozog`iston va Turkmaniston portlari ishtirokida yuk tashish hajmi ikki barobardan ko`proqqa, ya`ni 337 mingdan tonnadan 701 ming tonnaga oshgan", deya qayd etgan vazir o`rinbosari.






