AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida 2 marta sudlangan 64 yoshli erkak, uyida fohishaxona tashkil qildi

'Toshkent shahrida 2 marta sudlangan 64 yoshli erkak, uyida fohishaxona tashkil qildi'ning rasmi

Toshkent shahrida muqaddam  2 marta sudlangan 64 yoshli erkak, uyida fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi.

Aniqlanishicha, u 39 yoshli erkak va 29 yoshli ayolning ko`ngilxushlik qilishi uchun o`zining uyidan 100 ming so`m evaziga joy bergan.
"Telefon jiringladi, Bir erkak uyimdan joy so`radi va kelib 100 ming so`m berdi, rozi bo`ldim. Ular boshqa xonaga kirib ketdi, men o`z ishimni qilib turgandim. Keyin eshik taqilladi, ochsam organ xodimlari ekan", - deydi sudda erkak.

Shuningdek, xonadon xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, xonadan 2 ta gugurt qutisida 4,48 gramm quruq holdagi marixuana moddasi ham topilgan.
"Men invalidman, oyog`im singan, og`riq qoldirish uchun bu narsani iste`mol qilaman", - deya o`zini oqladi sudlanuvchi.
Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida 64 yoshli erkakga nisbatan 3 yil-u 2 oy ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar