Bugun, 9 noyabr kuni boks bo`yicha Osiyo chempionatida ayol sportchilarimiz o`z ishtiroklarini davom ettirishdi.
-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Navbahor Hamidova yarim finalda hindistonlik Boro Ankushitaga qarshi ringga ko`tarildi va 4:1 hisobida g`alaba qozondi.
Shuningdek, -75 kg vaznli Sohiba Ro`zmetova yarim finalda filippinlik bokschiga qarshi qiyin jang o`tkazdi va 3:2 hisobida munosib tarzda g`alabaga erishdi.
Ularni ushbu quvonchli g`alabalari bilan tabriklaymiz!






