Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori (PQ–415-son, 08.11.2022 y.) qabul qilindi
Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:
— mas`uliyati cheklangan jamiyatlar;
— aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko`p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarida ichki auditni tashkil etish;
— MChJning ta`sis shartnomasini davlat ro`yxatidan o`tkazish;
— MChJning vakillariga umumiy yig`ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;
— MChJda zaxira jamg`armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.
2023 yil 1 martdan unitar korxona yoki qo`shimcha mas`uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to`xtatiladi.
2023 yil 1 apreldan:
— MChJ ustav fondiga qo`shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko`p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo`lishi mumkin emas;
— yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o`tgan hisoblanadi.
2023 yil 1 iyuldan xo`jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda to`lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo`zg`atilganligi to`g`risidagi ma`lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da e`lon qilinadi.






